Yoʻlovchilar kerakli hujjatlarni taqdim etisholmagan. Shuning uchun bojxona xodimlar mahsulotlarni xavfli deb hisoblashgan.
Rossiyaning “Vnukovo” aeroporti bojxona xodimlari Oʻzbekistondan veterinar sertifikatsiz keltirilgan 13 partiya goʻsht mahsulotlarini qoʻlga olishdi. Bu haqda “Vesti Podmoskovya” portali xabar qilmoqda.
Saratovga 20 tonna Oʻzbekistonda yetishtirilgan quritilgan mevalar kiritilmadi
Mintaqadagi Rosselxoznadzor boshqarmasi vakilining jurnalistlarga maʼlum qilishicha, xavfli mahsulotlar yoʻlovchilarning qoʻl yukidan topilgan. Yoʻlovchilar hech qanday kerakli hujjatni taqdim etisholmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiya Oʻzbekistondan kelayotgan yoʻlovchilar uchun bagaji va qoʻl yukida oʻsimlik mahsulotlarini olib kelishlariga vaqtinchalik cheklov oʻrnatgan edi.
Nozirlar 2018 yilda jami 134 marta karantinda boʻlgan mahsulotlarni keltirish holatlarini qayd etishgan. 2017 yilda shunga oʻxshash holatlar 190 marta kuzatilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Yevgeniya Novojenina