Artemiy Lebedev studiyasi Toshkentning yangi logotipini taqdim etdi

16 января 2019 Artemiy Lebedev studiyasi Toshkentning yangi logotipini taqdim etdi

Ayrim foydalanuvchilar bu “juda yaxshi va zamonaviy logotip” ekanligini bildirgan. Boshqa foydalanuvchilarga maʼqul boʻlmagan.

 Internetda Artemiy Lebedev studiyasi yaratgan Toshkentning yangi logotipi aks etgan foto-surat paydo boʻldi.

Toshkentning yangi logotipi eʼlon qilindi

Telegram-kanallardan birida logotipning birinchi suratlari paydo boʻldi.

Logotip boʻyicha internet foydalanuvchilarining fikrlari ikki tomonga boʻlindi.

Ayrim foydalanuvchilar “juda yaxshi, zamonaviy logotip” ekanligini bildirgan.

Boshqa foydalanuvchilarga maʼqul boʻlmagan.

Hozircha aynan shu logotip boʻyicha rasmiy maʼlumotlar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida Toshkent shahrining turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilinganligi haqida xabar qilingandi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto : Azamat Shamuzafarov