Oʻzbekistonga oʻz “xalq avtomobili” kerak

16 января 2019 Oʻzbekistonga oʻz “xalq avtomobili” kerak

Dmitriy Verxoturov, sharqshunos, siyosatchi, Sputnik Oʻzbekiston uchun.

Oʻzbekiston avtomobil sanoatida oʻzgarishlar kutilmoqda. 2018 yil dekabr oyida “Oʻzavtosanoat” AJ, oldingi kelishuvlarga asosan, General Motors kompaniyasidan  GM Uzbekistan qoʻshma korxonasining eng soʻnggi 10% aktsiyalarini sotib oldi.

Oʻzbekistonda yana bir avtomobil zavodiga asos solinishi mumkin

2019 yilda “Oʻzavtosanoat” AJ Toshkentdagi dvigatellar ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona - GM Powertrain-Uzbekistan aktsiyalarini sotib olishga qaror qilgan. Buni avtomobil sanoatini milliylashtirish deb tushunish kerakmi yoki yangi xorijiy hamkor topish istagi deb?

Menimcha, ushbu oʻzgarishlar oʻz mahsulotini sotish strategiyasi bilan bogʻliq.

Oʻzbekiston– Koreya

Oʻzbekiston avtosanoatini – hach qanday mubolagʻasiz Oʻzbekistonning gʻururi deb aytishi mumkin. Sovet ittifoqidan Oʻzbekistonga hech qanday avtomobil sanati meros boʻlib qolmagan.

Shunday boʻlsada, Janubiy Koreyaning Daewoo kontserni yordamida Oʻzbekistonning Andijon viloyatida yilga 250  mingta avtombil ishlab chiqarishga moʻljallangan yirik avtomobil zavodi qurildi. 1996 yilda ushbu zavodda Daewoo Nexia – yengil avtomobili ishlab chiqarila boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatidagi muammolarni sanab oʻtdi

Oʻsha vaqtlarda zavod MDH davlatlari bozori uchun avtomobil yetkazib beradi deb rejalashtirilgan edi. Dastlabki yillarda zavod aynan shu ish bilan muvaffaqiyatli shugʻullandi ham.  

1999 yilda Daewoo bankrotga uchraganidan soʻng uning avtomobil ishlab chiqaruvchi boʻlinmasi AQShning General Motors kompaniyasi ixtiyoriga oʻtdi. Ikkinchidan, 2000 yillarda Rossiyada ham bir necha xorijiy avtomobil brendlar zavodlari ochildi. Avtomobil bozorida raqobat kuchaydi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / loubeat