Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.
Benzin, gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga aktsiz soligʻi joriy qilindi
Ushbu qaror loyihasida Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish Davlat inspektsiyasining 2014 yil 7 iyuldagi k-3 va k-1-son qarori bilan tasdiqlangan gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilgan.
Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar:
“3. Gazni hisobga olish priborlari quyidagi oraliqda davriy tekshiruvdan oʻtkaziladi:
- sanoatda qoʻllash uchun gazlar hajmiy va massaviy sarfining hisoblagichlari, sarf oʻlchagichlari – 24 oy;
Gaz narxini oshirgan zapravkalarga sanktsiya qoʻllanishi mumkin – Moliya vazirligi
- maishiy qoʻllanish uchun gazlar hajmiy sarfining hisoblagichlari, sarf oʻlchagichlari – 48 oy;
- tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari – 120 oy.
Foydalanilmagan gazni hisobga olish priborlarining davriy tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari oʻtib ketgan taqdirda, ulardan belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng foydalanish mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / Eddie~S