Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Elchi Pekin shahrida oʻtkaziladigan “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston prezidenti nomiga yoʻllangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 16 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tszyan Yanni qabul qildi. Suhbat chogʻida 2019 yil uchun moʻljallangan Oʻzbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi Oʻzbekiston – Xitoy uchrashuvini oʻtkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrif sanasi maʼlum boʻldi
“Bir makon, bir yoʻl” forumi ilk bor Pekin shahrida 2017 yilda oʻtkazildi. Mazkur forumda 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda yirik xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etishgandi. “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forum joriy yilning aprel oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© AP Photo / Andy Wong