Yaqin besh yilda Yaponiya 350 ming horijiy ishchilarni qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Yaponiya immigratsiyaga oid yangi qonunchilik doirasida Oʻzbekistonni ishchi kuchlari eksport mamlakatlari roʻyxatiga kiritishni moʻljallamoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Bu haqda Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri, janob Takumi Nemoto Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev uchrashuvda maʼlum qildi.
M.Shigefumi oʻzbek delegatsiyasiga Yaponiyaning yaqin besh yil ichida 350 ming nafar xorijiy ishchini qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot berdi va ishga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishga qiziqish bildirayotganini aytib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida Yaponiya Sogʻliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻrtasida stajyorlarni texnik tayyorlash dasturini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolash marosimi oʻtkazildi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr/ mike george