Shavkat Mirziyoyev koʻp yillardan beri xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga general unvonini berilganini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlash tantanali marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Marosimda Qurolli Kuchlar safida va davlat idoralarida koʻp yillardan buyon munosib xizmat qilib kelayotgan harbiylar va rahbar xodimlarning bir guruhiga general unvonlari berilishi maʼlum qilindi.
“General boʻlish har bir harbiy xizmatchining muqaddas orzusi. Sizlarni ana shunday yuksak unvonga erishganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu – xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, oʻz muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib boʻlishdir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev marosimda.
Undan tashqari marosimda, prezident harbiy xizmatchi va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. Mukofotlanganlar yuksak eʼtibori, harbiylar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirishdi.
“Sizlarning yurakdan bildirgan fikrlaringizni eshitib, Vatanimiz himoyasi haqiqatan ham sodiq va mard, fidoyi insonlar qoʻlida ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildim. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yurtimiz osoyishtaligi va xavfsizligini saqlashdek masʼuliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman, – dedi Prezident minnatdorlik soʻzlariga javoban.
Maqolaning toʻliq matni bilan prezident rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Press-slujba prezidenta Uzbekistana