Uchtepadagi yongʻinda ayol kishining kuygan jasadi topild

15 января 2019 Uchtepadagi yongʻinda ayol kishining kuygan jasadi topild

Dastlabki xabarga koʻra, yongʻin fuqaroning mast holda sigareta chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqan.

 Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi uylardan birida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin oʻchirilgan.

“Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar koʻrgan. Shu bilan birga, YE.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda boʻlgan qoʻshnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-CC0 / pixabay