GM Uzbekistan avtomobillari QQSdan ozod qilinadi

15 января 2019 GM Uzbekistan avtomobillari QQSdan ozod qilinadi

GM Uzbekistan tomonidan 2019 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar 20% miqdorida  qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.

 Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar 2019 yilda QQSdan ozod qilinadi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Maqolada aytilishiga koʻra, GM Uzbekistan tomonidan 2019 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar 20% miqdorida  qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi. Shuningdek avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham QQSdan ozod qilinadi.

Ushbu tartib Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil oxirida imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi byudjetining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari va 2020-2021 yilgi byudjet yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida aytib oʻtilgan.

Shuningdek, bu yil Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun aktsiz soligʻi ham 5%dan 3%gacha tushiriladi.

Maʼlumot uchun, 2018 yilda Asaka shahrida joylashgan GM Uzbekistan zavodi 220 ming dona avtomobil ishlab chiqardi. Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish xarajatlarini 10-16 %ga kamaytirishga muvaffaq boʻlindi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Gazeta.uz