Polshada kontsert vaqtida pichoqlangan mer vafot etdi

15 января 2019 Polshada kontsert vaqtida pichoqlangan mer vafot etdi

Shahar rahbari Pavel Adamovich xayriya kontserti davom etayotgan bir paytda pichoqlanadi.

 Polshaning Gdansk shahri meri  Pavel Adamovich vafot etdi. Bu haqda Polskoye radio xabar bermoqda.

Kecha Pavel Adamovichga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Shahar rahbari Pavel Adamovich xayriya kontserti davom etayotgan bir paytda pichoqlandi. Yetkazilgan ogʻir jarohatdan tufayli zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari jinoyatchini hibsga olishdi. Lekin jinoyat sabablari rasman maʼlum qilinmagan. Jinoyatchi hujum qilishdan oldin noqonuniy ravishda qamoq jazosini oʻtaganini aytib qichqirganini tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar maʼlum qilishdi.

Dastlabki xabarlarga koʻra, qotil 27 yoshli muqaddam bank oʻmarishda ayblanib sudlangan fuqaro. U Gdansk shahrida istiqomat qilgan. Bir necha hafta oldin u ozodlikka chiqqan.

Gdansk shahri Polshaning shimolida joylashgan. Gdanks Boltiq dengizidagi eng yirik port hisoblanadi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© REUTERS / AGENCJA GAZETA