Moskvada tajriba orttirib kelgan kardioxirurglar va sunʼiy qon aylantirish moslamasi yordamida 2 nafar bolada murakkab yurak operatsiyasi oʻtkazildi.
Samarqand viloyat viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida tugʻma yurak nuqsoni (porok) bilan tugʻilgan ikki nafar bemorning yuragi ilk bor muvaffaqiyatli operatsiya qilindi, deb yozmoqda Zarafshon nashri.
Xabarda aytilishiga koʻra, markazda boʻlmachalararo toʻsiq nuqsoni va qorinchalararo toʻsiq nuqsoni boʻlgan ikki turdagi yurak porogi operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtkazilgan.
Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti Moskvadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida ishlab tajriba orttirgan va ayni paytda viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot fanlari nomzodlari Maqsud Saidov va Ikrom Mallayev rahbarligida amalga oshirilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Gazeta Zarafshon