Moldovalik sportchi Rossiyaning eng sovuq aholi punkti Oymyakonda oʻziga xos rekord oʻrnatdi. U -60 daraja sovuqda 50 km masofani yugurib oʻtdi.
Molodvalik ekstremal sportchi Dmitriy Voloshin Yakutiyaning Oymyakon eng sovuq joyida 50 km masofani yugurib oʻtdi, deb xabar qilmoqda oʻlka maʼmuriyati.
Sportchi -60 daraja sovuqda 50 kilometr masofani qutqaruvchilar va vrachlar yordamisiz, mustaqil bosib oʻtdi. Marafon davomida – 67 daraja sovuq havo harorati qayd etildi.
“Bu men uchun eng ogʻir sinov boʻldi. Bu ochiq koinotga chiqishga teng. Hech qanday kiyim sizni sovuqdan saqlay olmaydi. Yugurish vaqtimda yuzimni muzlatib olmaslikka harakat qildim. Nafas olish juda qiyin boʻldi. Havoda kislorod miqdori juda kam, mask esa muz bilan toʻlgan edi”, - dedi sportchi yugurishdan keyin.
Tadbir tashkilotchilari aytishiga qaraganda, ushbu marafon “Unfrozen” xayriya aktsiyasi doirasida oʻtkazilgan. Sportchi ushbu ishni - bolalar tserebral paralichi muammosiga jamoatchilik eʼtiborini qaratish, hamda 4 yoshli qizalok Yeva Pismenyukni davolash uchun mablagʻ jamlash maqsadida amalga oshirgan.
Read more: sputniknews-uz.com