Shavkat Mirziyoyev vatan himoyachilarini tabrikladi

14 января 2019 Shavkat Mirziyoyev vatan himoyachilarini tabrikladi

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar tashkil qilinganining 27 yilligi munosabati bilan prezidentning bayram tabrigi eʼlon qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari vakillarini tabrikladi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

“Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimizning muhtaram faxriylari! Qadrli yurtdoshlar!

Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman”, - deb boshlanadi prezident tabrik soʻzi.

Oʻz tabrik soʻzi Shavkat Mirziyoyev, jumaladan, botir askar va ofitserlarning ota-onalariga, ularning rafiqalari va oila aʼzolariga ham minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, prezident oʻz tabrik soʻzida dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm kabi xavf-xatarlarlar kuchayib borayotgan vaqtda Oʻzbekiston armiyasini jangovar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-yarogʻ va aslahalar bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy, maʼnaviy-intellektual tayyorgarligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish - eng ustuvor vazifa deb taʼkidladi.

Prezident tabrik soʻzining toʻliq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Press-slujba prezidenta Uzbekistana