Sobiq Ittifoq hududida 70 yil davomida huquqni saqlash organlarining eng ommaviy quroli boʻlgan Makarov pistoleti "pensiyaga" chiqmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi 2019 yilda Makarov pistoleti oʻrniga yangi ommaviy pistolet ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
70 yil davomida sobiq Ittifoq va Rossiya qurolli kuchlari hamda huquqni saqlash organlarida eng ommaviy shaxsiy qurol boʻlgan Makarov pistoleti maʼnaviy jihatdan eskirgan va bugungi kun talablariga javob bermaydi.
Yangi pistoletning nomi PL-15, yaʼni “Pistolet Lebedeva 15” boʻlib ayni damda u barcha kerakli sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan va ommaviy ishlab chiqarishga tayyor. Xususan, yangi pistolet 9x21 patroni bilan turli murakkab va iqlim sharoitlarida +50 va -70 darja havo harorati oraligʻida ishonchili natijalar koʻrsatgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Aleksandr Vilf