"Bunyodkor" murabbiylar shtabining toʻliq tarkibi dushanba kuni eʼlon qilinadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov Toshkentning “Bunyodkor” klubi bosh treneri etib tayinlandi, debxabar qilmoqda klub matbuot xizmati.
“Klub bosh direktori U.Mirzayev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turganligi uchun Shuhrat Maqsudovga minnatdorchilik bildirdi hamda klubning bosh murabbiyi etib Vadim Karlenovich Abramov tayinlanganini maʼlum qildi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Xabarda shuningdek, Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Marat Miftaxutdinov yordamlashishi aytib oʻtilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyida “Bunyokdor” bosh direktori Mirjalol Qosimov “AGMK” klubiga oʻtgan edi. Ulugʻbek Mirzayev esa 8 yanvar kuni “Bunyodkor”ning bosh direktori lavozimiga tayinlangan edi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© fcneftchi.uz