Toshkent markazida 300 nafar aholi yashaydiga uy oʻrniga yangi imorat qurish haqida qaror imzolangan.
. Toshkent shahri Amir Temur shoh koʻchasida joylashgan 45 sonli uyda yashovchi 300 nafar kishi uysiz qolishlariga bir bahya qoldi, deb yozmoqdaPodrobno.uz nashri.
Gap shundaki 2018 yilning yanvar oyida Toshkent sobiq hokimi Raxmonbek Usmonov aholi roziligisiz ushbu koʻp xonadonli uyni buzib, uning oʻrniga 7 qavatli yer osti parkovkasi bor bino qurish haqidagi buyruqni imzolaydi. Ustiga ustak Mirobod tuman hokimi ham ushbu uyda yashovchi odamlarni ogohlantirmasdan uy turgan joyni qurilish kompaniyasi ixtiyoriga topshiradi.
45 uyda yashovchilar ushbu holatdan norozi boʻlib bir necha davlat muassasalariga murojaat qilishganda, ularning hech biri shahar va tuman maʼmuriyatining ushbu qarorini izohlab bera olmaydi.
Nashr xabarida aytilishiga koʻra, ayni damda ushbu muammo bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi shugʻullanmoqda.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Sputnik / Ramiz Baxtiyarov