Anqara Suriyadagi qurdlarga hujum qilgan taqdirda AQSH Turkiyaning iqtisodini barbod qilish bilan poʻpisa qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp, Anqara Suriya qurdlariga zarba bersa - Turkiya iqtisodini barbod qilish bilan poʻpisa qildi. Bu haqida AQSH prezidenti oʻz Twitterida yozgan.
AQSH prezidenti fikriga koʻra, Ular qoʻshinlarini Suriyadan olib chiqqanidan soʻng Suriyada Turkiya va Qurdlar qoʻshinlari orasida 20 kilometrli xavfsizlik chizigʻi tashkil qilish kerak. Tramp, shuningdek, qurdlarni ham ogohlantirdi – ular ham Turkiyani provokatsiya qilmasliklari kerak.
Eslatib oʻtamiz, Amerika Qoʻshma shtatlari 2018 yil oxirida AQSH boshchiligidagi koalitsiya Suriyada “Islomiy davlat” ustidan gʻalaba qozonganini va endi mamlakatni tark etishini eʼlon qilgan edi.
Suriya shimolini nazorat qilayotgan va AQShdan katta yordam olayotgan Qurdlar oʻz-oʻzini mudofaa qilish kuchlari (YPG) AQSH ketganidan keyin murakkab ahvolga tushib qolishi aniq. Chunki Turkiya ularni faqatgina “terrorchi” sifatida koʻradi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Mixail Klimentyev