Aniqlik kiritilishicha, gap "terrorchi al-Bagʻdodiy gaplaridan iqtiboslar" haqida bormoqda.
Bi-bi-si internet resurslarida xalqaro terrorchilik uyushmalari gʻoyalarini translyatsiya qiluvchi materiallar mavjud, deb xabar qilmoqdaRIA Novosti Roskomnadzor matbuot-xizmatiga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, gap "terrorchi al-Bagʻdodiy gaplaridan iqtiboslar" haqida bormoqda.
"Ushbu materiallar Rossiya antiekstremistik qonunchilik normalariga muvofiqligi boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmoqda", - deb qoʻshimcha qilgan Roskomnadzor vakili.
Taʼkidlanishicha, Rossiyadagi Bi-bi-si 16-yanvar sanasiga qadar OAV toʻgʻrisidagi qonun talablariga toʻliq rioya etilayotgani haqida hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Telekanal tekshiruvi 14 yanvardan 31 yanvarga qadar oʻtkaziladi.
Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Roskomnadzor (Rossiya davlat nazorat qoʻmitasi) qarorini allaqachon "yetilgan qaror", deya baholadi.
https: sputniknews-uz.com, фото-CC0 / Pixabay