Viloyatda ayollar jinoyatchiligining salmogʻi yuqori boʻlib, respublika koʻrsatkichining 8,5 foizini tashkil etgan
Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatining deyarli barcha tumanlarida ogʻir turdagi jinoyatlar soni oshgan. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakat tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda jinoyatchilikni jilovlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, Andijon viloyatining deyarli barcha tumanlarida ogʻir turdagi jinoyatlar soni oshgan.
Viloyatda ayollar jinoyatchiligining salmogʻi yuqori boʻlib, respublika koʻrsatkichining 8,5 foizini tashkil etgan. Qoraqalpogʻistonda jinoyatchilik 31 foizga kamaygan boʻlsa-da, qotillik holatlari koʻpaygan. Namangan viloyatida ham bu borada ahvol qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Portal xokimiyata Andijanskoy oblasti