Afgʻoniston urushi SSSR tarqalishiga sabab boʻlgan, dedi Tramp

10 января 2019 Afgʻoniston urushi SSSR tarqalishiga sabab boʻlgan, dedi Tramp

Tramp Sovet Ittifoqi toliblar tomonidan kelayotgan terrorizm tahdidi tufayli afgʻon kampaniyasini boshlab, toʻgʻri qilganini aytgan

AQSH prezidenti Donald Tramp Afgʻonistondagi urushni SSSR barham topishi sababi sifatida koʻrsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Rossiya Sovet Ittifoqi edi. Afgʻoniston tufayli u Rossiyaga aylandi, nega deganda, ular Afgʻonistonda urush qilib, bankrotga uchradilar", - deb bayonot qildi amerika yetakchisi FoxNews efirida.

Tramp, shuningdek, Sovet Ittifoqi toliblar tomonidan kelayotgan terrorizm tahdidi tufayli afgʻon kampaniyasini boshlab toʻgʻri qilganini qayd etdi.

AQSH prezidenti hozirda Afgʻonistonda vaziyatni izga solish boʻyicha Qoʻshma Shtatlardan tashqari, Rossiya, Hindiston va Pokiston shugʻulanayotganini qoʻshimcha qildi.

SSSR Afgʻonistonga 1979 yilda qoʻshin kiritgan. Sovet qoʻshinlarining soʻnggi boʻlinmalari mamlakat hududini oradan oʻn yil oʻtgach tark etganlar. Sovet Ittifoqi 1991 yilda barham topgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Irina Kalashnikova