Xorijning yetakchi universitetlari filiallarini ochish ham oʻziga xos investitsiya - Mirziyoyev

10 января 2019 Xorijning yetakchi universitetlari filiallarini ochish ham oʻziga xos investitsiya - Mirziyoyev

Oʻzbekistonda 91 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud, shundan 11 tasi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va filiallaridir

 Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 yanvar kuni investitsiya sohasiga bagʻishlangan videoselektorda xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari filiallarini ochish oliy taʼlim sohasiga kiritilgan yaxshi investitsiya ekanini, bilimli, zamonaviy mutaxassislar mamlakatga katta manfaat keltirishini taʼkidladi.

Oʻzbekistonda 91 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud, shundan 11 tasi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va filiallaridir. Ayni vaqtda Oʻzbekistonla Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Italiya kabi davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. 

Oʻzbekiston prezidentining 2019 yil 7 yanvardagi qaroriga muvofiq ularning safiga Toshkent shahrida tashkil etiladigan yangi Hindistonning Amiti universiteti ham qoʻshildi. Ushbu universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari tayyorlanadi, ular dasturiy taʼminot ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boʻyicha xalqaro standartlar darajasida tahsil olishadi. 



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.