Bugun Stokgolmda terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslar ustidan sud boshlanadi

9 января 2019 Bugun Stokgolmda terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslar ustidan sud boshlanadi

Terrorchilikda gumon qilinayotgan 6 kishidan besh nafari Oʻzbekiston fuqarosi,  bir nafari – Qirgʻiziston fuqarosidir.

Stokgolmda dushanba kuni olti nafar terrorchilikda gumon qilinayotgan kishilar ustidan sud boshlanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Shvetsiya prokuraturasiga asosan.

Prokuratura xabarida aytilishiga koʻra, gumon qilinayotgan shaxslarning uch nafari  terrorchilik jinoyatini tayyorlashda ayblanmoqda. Ular, xususan, koʻpchilikni qurbon qilish va zarar yetkazish maqsadida katta miqdorda kimyoviy moddalar sotib olishda ayblanmoqda.

Undan tashqari, ularning barchasi oʻta ogʻir jinoyatlarni moliyalashtirishda, xususan dunyoning koʻplab mamlakatlarida taʼqiqlangan “Islomiy davlat” terrchilik tashkilotiga moliyaviy yordam koʻrsatishda ayblanmoqda.

Sud materiallarida aytilishiga koʻra, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslar Stokgolmda va uning yaqinida boʻlgan Stryomsund shahrida 2018 yilning aprel – oktyabr oylarida hibsga olingan. Ulardan besh nafari Oʻzbekiston va bir nafari Qirgʻiziston fuqarolaridir. Hibsga olingan shaxslarning eng kattasi 1972 yilda, eng kichigi 1994 yilda tugʻilgan.

Xabarda aytilishiga koʻra, ulardan biri 2017 yilda Stokgolmda terrorchilik uyushtirgan Raxmat Akilov bilan aloqada boʻlgan.

Ayni damda ularning barchasi jinoyatda aybdorliklarini inkor qilmoqda. Sud 2019 yilning 11 fevralida yakuniga yetishi rejalashtirilgan. 



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Sergey Guneyev