Toshkentda birinchi uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshiriladi

9 января 2019 Toshkentda birinchi uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshiriladi

Yirik yoʻl oʻtkazgichning umumiy uzunligi 618, kengligi 30 metrni tashkil etadi va 6 ta avtomobil yoʻlaklariga moʻʼjallangan boʻladi.

Toshkentda birinchi uch pogʻonali yoʻl oʻtkazgich foydalanishga topshiriladi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

Bosh rejaga koʻra dastlab umumiy uzunligi 484, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi.

Mazkur inshootning balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr boʻlib, har ikki yoʻnalishda 3 ta avtomobil yoʻlagi barpo etiladi.

Shuningdek, bu yerda loyiha doirasida yoritish tizimi, suv chiqarish ariqchalari quriladi. Ikkinchi bosqichda yer sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yoʻl oʻtkazgich qurish ishlari olib boriladi.

Eng asosiysi ushbu hududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport koʻchalarini bogʻlovchi ulkan yoʻl oʻtkazgich tiklashnishi ham rejalashtirilgan.

Mazkur inshoot Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Boʻstonliq tumanlari tomon harakatlanuvchi avtomobillar boshqaruvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi. Xususan, mazkur xududlarga eltuvchi zamonaviy magistral bunyod etiladi. Uning natijasida ushbu xududlargacha boʻlgan masofa deyarli 20 km.ga qisqaradi.

Joriy yil oxiriga qadar loyihaga qiritilgan barcha inshootlarni toʻla qurib bitirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-Press-slujba prezidenta Uzbekistana