Oʻzbekiston Havo yoʻllarining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti 8 yanvar oʻrniga 9 yanvarda yetib keldi.
Oʻzbekiston Havo yoʻllarining Moskvadan Toshkentga uchgan samolyoti 14,5 soatga kechikib keldi, deb xabar qilmoqda Uznews.uz milliy aviakompaniya onlayn tablosiga asosan.
“Oʻzbekiston Havo yoʻllarining Moskvadan Toshkentga 8 yanvar kuni soat 17:05 yetib kelishi kerak boʻlgan samolyoti 9 yanvar kuni soat 7:40 da yetib keldi", - deyilgan xabarda.
Shunday qilib ushbu parvoz 14 soatdan ortiq kechikib keldi. Parvoz kechikishiga nima sabab boʻlgani haqida rasmiy xabar berilmagan.
Shuni aytish joizki, 8 yanvar kuni Moskva aeroportlarida ob-havo sharoiti tufayli bir necha oʻnlab parvozlar kechiktirilgan edi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov