Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

9 января 2019 Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

2018 yilda Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.

 “Avtostat” tahliliy agentligi xabariga koʻra, 2018 yilning 11 oyi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu davr mobaynida Rossiya 26 mingdan ortiq yengi avtomobil eksport qilgan. Undan 70% asosiy 5ta mamlakatlarga yuborilgan.

Birinchi oʻrinda – Chexiya (6,3 mingta avtomobil), ikkinchi oʻrinda - Ukraina (3,8 ming)  va uchinchi oʻrinda – Oʻzbekiston (3,1 ming).  Undan keyingi oʻrinlarda Latviya (2,9 ming) va Ozarbayjon (2,4 ming).

Ushbu saytda Rossiyaga import qilingan avtomobillar statistikasi ham keltirilgan. Unda xabar qilinishiga koʻra, 2018 yilning 11 oyi davomida Rossiyaga 213 ming dona yengi avtombil olib kelingan.

Rossiyaga avtombil eksport qiluvchi eng ilgʻor mamlakatlar oʻntaligi quyidagicha boʻldi:

Yaponiya – 69 mingta avtomobil

Germaniya – 34 ming avto

AQSH – 18,8 ming

Buyuk Britaniya – 16,5 ming

Tailand – 10,3 ming

Slovakiya – 7,3 ming

Vengriya – 6,5 ming

Turkiya – 6,4 ming

Xitoy – 5ming

Finlandiya – 4,2 ming



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Anar Movsumov