Soliq qarzlarini plastik kartochkalardan soʻzsiz yechib olishni taklif qilgan boshqarma boshligʻi lavozimidan boʻshatildi.
Soliq qarzlarini plastik kartochkalardan soʻzsiz yechib olish haqidagi qonun loyihasini taklif qilgan mulozim lavozimidan ozod qilindi, deb xabarqilmoqda gov.uz sayti.
“Loyiha ishlab chiqilishida yoʻl qoʻygan kamchiliklar va masʼuliyatsizligi uchun Davlat soliq qoʻmitasining masʼul boshqarma boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bir necha oy oldin miqdori EKIHning 2 baravaridan koʻp boʻlmagan soliq qarzini jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan soʻzsiz undirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi taklif qilingan edi.
Yangi qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlar va keng jamoatchilik oʻrtasida keskin bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Koʻpchillik unga qarshi fikr bildirgan edi. Undan tashqari ushbu qonun haqida Markaziy bank ham yangi qonun faqat bir muassasa manfaatlari yoʻlida butun mamlakat iqtisodiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin degan edi.
Ayni damda, Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan koʻrib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablagʻlarni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi, deyilgan xabarda.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Sputnik / Mixail Voskresenskiy