Oʻzimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik

8 января 2019 Oʻzimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan oʻzbekistonlik

Oʻttiz birinchi dekabr kuni Olamafruz Abdullayev namoz oʻqish uchun erta uygʻonadi. Portlash ovozini eshitgach, darhol kiyimini kiyib, koʻchaga yugurib chiqadi. Hali yigit sakkiz kishini qutqarishini bilmaydi. Oʻzbekistonlik yigit Sputnik muxbiriga bergan intervyuda “har bir haqiqiy musulmon shunday qilgan boʻlardi”, – deya javob beradi.

 Oʻtgan yilning soʻnggi kunida mudhish fojia sodir boʻldi. Magnitogorsk shahrining Karl Marks koʻchasida maishiy gaz portlashi oqibatida oʻn qavatli uyning podʼyezdlaridan biri qulab tushdi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bu holat 39 kishining umriga zomin boʻldi.

Voqea joyiga qutqaruvchilardan oldin oʻzbekistonlik Olamafruz Abdullayev yetib keldi. U yaqin atrofdagi uylardan birida istiqomat qiladi.

Yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga koʻmaklashdi - vayronalarni tozaladi, yongʻinni oʻchirishga yordam berdi.

Oʻzbekistonlik yigit oʻzini qahramon deb hisoblamaydi.

“Bu holatdan keyin oʻzimni yulduz deb hisoblamayman. Musulmonlar ochiq koʻngil, bagʻrikeng, boshqa odamlarga yordam berishga harakat qilishadi”, - dedi Olamafruz.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Foto : Iz lichnogo arxiva Abdullayeva Alamafruza