Davlat statistika qoʻmitasi oziq-ovqat mahsulotlarini eng arzon va qimmat sotadigan shaharlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Davlat statistika qoʻmitasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisida maʼlumotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, mol goʻshti eng qimmat narxi Chirchiq shahrida 52 ming soʻm, eng arzoni Nukusda 26 ming soʻm ekanligi maʼlum boʻldi.
Qoʻy goʻshtining narxi esa eng qimmati Toshkentda - 46,6 ming soʻm, eng arzoni Jizzaxda - 28 ming soʻm.
Kutilgani kabi Toshkent shahrida kartoshka, piyoz, sabzi, tuxum va guruchning narxi maksimal narxi boʻyicha yetakchilik qildi. Ushbu mahsulotlarning eng arzon narxi Namangan, Andijon va Gulistonda.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Nikolay Xijnyak