Bojxonachilar 5 milliard soʻmlik kontrabandani qoʻlga kiritishdi

8 января 2019 Bojxonachilar 5 milliard soʻmlik kontrabandani qoʻlga kiritishdi

Konteynerdan "sintetik ip " oʻrniga qiymati 5 milliard soʻmlik 1206 dona LG rusumli televizorlar chiqdi.

Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlari Oʻzbekistonga noqonuniy ravishda olib kelinayotgan katta miqdordagi kontrabanda tovarlarini fosh qilishdi.

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga joʻnatilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga koʻra, 389 oʻrinda qiymati 5422 AQSH dollariga teng boʻlgan “sintetik ip”​ tovarlari boʻlishi kerak edi.

Biroq konteynerlar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda unda hujjatlarda koʻrsatilmagan qiymati 5 milliard soʻmlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlangan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF