Oʻzbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

8 января 2019 Oʻzbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga 15 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

 Bugun Toshkent shahar Yunusobod tumani jinoiy ishlar boʻycha sudida Oʻzbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud vakiliga asosan.

“Rashid Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud majlisi yopiq tartibda boʻlib oʻtadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning fevral oyi oxirida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Qodirov hibsga olinganihaqida xabar qilgan edi.

Sobiq bosh prokuror pora olishda, talonchilikda va lavozimini suistemol qilishda ayblangan edi. Ushbu jinoyatlar boʻyicha 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shuningdek ushbu kabi ayblovlar sobir bosh prokuraturaning 24 nafar xodimlariga nisbatan qoʻyilgan, jumladan sobiq bosh prokurorning oʻgʻli Alisher Qodirovga nisbatan ham ayblov  qoʻyilib u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Rashid Qodыrov Oʻzbekiston Bosh prokuraturasini 2000-2015 yillar davomida boshqarib kelgan. 2015- 2017 yillar davomida Qodirov Oʻzbekiston Konstitutsion sudi aʼzosi boʻlgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramil Sitdikov