Markaziy bank tijorat banklari tomonidan qonun buzilishining oldini oldi

8 января 2019 Markaziy bank tijorat banklari tomonidan qonun buzilishining oldini oldi

Markaziy bank tijorat banklariga mijozlar huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan koʻrsatma tarqatdi.

Oʻzbekiston Markaziy banki Respublikadagi tijorat banklari hamda ularning mijozlari orasida tuzilgan shartnomalarni oʻrganib chiqib, u yerda bir qator huquqbuzarliklar mavjudligini aniqladi, deb xabar qilmolqda MB matbuot xizmati.

Xususan, banklar va mijozlar orasida tuzilgan shartnomalarda ajratilgan kreditlar va qabul qilingan depozitlar boʻyicha foiz stavkalarini, shuningdek bank xizmatlari uchun belgilangan tariflarni bir tomonlama oʻzgartirishni nazarda tutuvchi shartlar kiritilganligi holatlari aniqlangan.

"Markaziy bank ushbu holatlarni - isteʼmolchilarining huquqlarini buzilishi deb hisoblaydi va barcha tijorat banklariga maxsus xat orqali ushbu qonunbuzarlikning oldini olishga qaratilgan koʻrsatmalar tarqatildi", - deyilgan xabarda. 

Shu bilan birga MB Oʻzbekiston fuqarolari va tadbirkorlik subʼyektlariga murojaat qilib, yuqorida keltirilgan qonunbuzarlik holatlariga duch kelganda, bevosita tijorat banki yoki Markaziy bankining Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilish mumkinligini xabar qildi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov