Shvetsiyada terakt uyushtirishda gumonlanayotgan oʻzbekistonliklarga ayblov eʼlon qilindi

28 декабря 2018 Shvetsiyada terakt uyushtirishda gumonlanayotgan oʻzbekistonliklarga ayblov eʼlon qilindi

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular terakt sodir etish uchun alohida asbob-uskunalar va kimyo vositalarini katta hajmda sotib olishadi. Oʻzlarining yashirin faoliyatini Stokgolm atrofida va markaziy Shvetsiyadagi Stremsund shahrida olib borishgan.

Shvetsiya prokuraturasi payshanba kuni terakt uyushtirishda gumonlanayotgan olti nafar shaxsga ayblov eʼlon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Ulardan uch nafari oʻzbekistonlik va qirgʻizistonliklar. Ular oʻta xavfli terrorchilik jinoyati tayyorlash, ID terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqdalar.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, ular terakt sodir etish uchun alohida asbob-uskunalar va kimyo vositalarini katta hajmda sotib olishadi. Oʻzlarining yarishin faoliyatini Stokgolm atrofida va markaziy Shvetsiyadagi Stremsund shahrida olib borishgan. Lekin hisbga olinganlar oʻz aybini tan olishmagan.

Ulardan kamida bir nafari ilgari boshqa bir oʻzbekistonlik - oʻtgan yil aprel oyida Stokgolmda terakt uyushtirganlikda aybdor deb topilib, umrbod  qamoq jazosiga mahkum boʻlgan Rahmat Oqilov bilan aloqada boʻlgan.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© AFP 2018 / JANERIK HENRIKSSON / TT NEWS AGENCY