Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida mamlakatning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
Oʻzbekistonda Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida maʼlum qildi.
Mirziyoyev Oʻzbekiston kelajagiga yoʻnaltirilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirish masalasiga eʼtibor qaratdi. Mamlakatning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.
"Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak", - dedi prezident.
Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etiladi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Sputnik / Natalya Seliverstova