Yangi yil ayyomi munosabati bilan Mudofaa vazirligi harbiy orkestri bayram aktsiyasini boshladi.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona kontsert dasturlari tuhfa etilmoqda.
Kontsertning dastlabkisi bugun, 27 dekabr kuni poytaxtning Mustaqillik shoh koʻchasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga oʻrnatilgan yangi yil bayramining bosh archasi oldida Qorbobo kiyimiga kiyingan harbiy sanʼatkorlar tomonidan taqdim etildi.
Ertaga, 28 dekabr kuni soat 15:00da Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy okrestrning navbatdagi aktsiyasi boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona kontserti yana quyidagi joylarda oʻtkaziladi:
- 29 dekabr kuni soat 15:00da Qoʻyliq massividagi “Kompas” koʻngilochar savdo majmuasida;
- 30 dekabr kuni soat 15:00dan 18:00ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;
- 31 dekabr kuni soat 10:00da yangi yil bayramining bosh archasi oldida (moʻljal Yoshlar ijod saroyi).
Shuningdek, poytaxtdagi yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019 yilning 3 yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar boʻlib oʻtadi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.