Natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Koʻrilgan choralar natijasida jarohat yetkazgan uch nafar shaxs ham qoʻlga olindi.
Toshkent viloyatining Bekobod shahrida uch nafar mast kishi fuqaroga pichoq bilan hamla qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati.
“26 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi X.M., birga yashovchi qarindoshi H.YU. va qoʻshnisi A.A.lar mast holda Iqtidor koʻchasidan oʻtuvchi temir yoʻl kesishmasi oldida hech bir sababsiz fuqaro J.YA.ga pichoq bilan hamda ularni ajratmoqchi boʻlgan otasi H.YA.ning yuz qismiga qoʻllari bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar”, - deyilgan xabarda.
Natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Koʻrilgan choralar natijasida jarohat yetkazgan uch nafar shaxs ham qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Xorazmda qiz oʻz otasini pichoqlab qoʻygani haqida xabar bergandik.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Kirill Kallinikov