Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga koʻra Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda toʻp surishi belgilab qoʻyilgandi.
Toshkentda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi – 2019 oʻyinlarida foydalanuvchi yangi libosi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga koʻra Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda toʻp surishi belgilab qoʻyilgandi.
Bugun Milliy olimpiya qoʻmitasi binosida Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Olim Arifov, shuningdek, OʻFA mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Yigʻilganlarga milliy terma jamoamiz uchun Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yangi formalar namoyish qilindi.
OʻFA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Olim Arifovning soʻzlariga koʻra, milliy terma jamoa aʼzolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilindi. Yetkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida mashgʻulot oʻtkazish va maydonda harakat qilishga moʻljallangan libos va aksessuarlar mavjud.
“Jako kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan boʻlib, Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta koʻrib chiqiladi", - dedi Olim Arifov.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-Sputnik / Ramiz Baxtiyarov