Butunjahon sogʻliqni saqlash statistikasiga koʻra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson oʻlimining asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda.
Novosibirsk biologlari qon bosimini pasaytiruvchi maxsus nano-zarrachalarini yaratishdi. Ushbu prepraratni gipertoniya xastaligiga chalingan kalamushlarda sinab koʻrishdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Bizning preparatimiz nano-zarrachalar va DNKning qisqa molekulalari kompleksidan iborat. Birinchilar ikkinchilarning hujayralarga kirishiga koʻmaklashadi. U yerda ular RNK matritsasi bilan bogʻlanib, oqsil paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Shu tufayli hujayradagi retseptorlar soni koʻpaymaydi va qon bosimi koʻtarilmaydi”, - dedi Novosibirsk davlat universiteti vakili Asya Levina.
Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti statistikasiga koʻra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson oʻlimining asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda. Har yil bu kasalliklardan 17 millionga yaqin inson hayotdan koʻz yumadi. Ularning aksariyatida qon bosimining oshishi kuzatilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Pavel Lisitsыn