Moskva chegarachilari Nurmagomedovni ISHID jangari bilan adashtirib qoʻyishdi - OAV

26 декабря 2018 Moskva chegarachilari Nurmagomedovni ISHID jangari bilan adashtirib qoʻyishdi - OAV

Rossiya chegarachilari UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni savol-javob qilishdi.

 Moskva chegara xizmati xodimlari UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va uning oʻrtogʻini “ISHID” jangarlari deb oʻylab, ularni toʻxtatishdi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Nurmagomedov va uning oʻrtogʻi barcha tartibotlariga asosan soʻroq qilindi.

Shubhali narsa aniqlanmagandan soʻng chegarachilar ularni qoʻyib yuborishdi. Turkiyaga yoʻl olgan Nurmagomedov bu holatdan keskin norozi ekanligini bildirdi.

Bu hodisaga qaramasdan, sportchi chegarachilar bilan birga estalik uchun suratga tushdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Anton Denisov