Yulduz Usmonova va San Jay uchrashuvi nima bilan yakunlandi

26 декабря 2018 Yulduz Usmonova va San Jay uchrashuvi nima bilan yakunlandi

Rep qoʻshiqchisi Sanjar Javberdiyev Yulduz Usmonova bilan uchrashuvda romantik qoʻshiq kuyladi.

Oʻzbekiston estrada olamida tinch va osoyishtalik oʻrnatildi, kelishmovchiliklar ortda qoldi. Yulduz Usmonova va rep-qoʻshiqchisi San Jay oʻrtasida yuzaga kelgan mojaro ijobiy yakun topdi.

Oʻzbek komik aktrisasi Halimaxon Ibrohimova Instagramdagi sahifasida Yulduz Usmonovaning tugʻilgan kunida olingan videoni joylashtirdi.

San Jay Yulduz Usmonovaning tugʻilgan kuni munosabati bilan unga ajoyib guldasta sovgʻa qildi.

Shuningdek, u Usmonovadan uzr soʻradi.

“Agar men sizni bir nima bilan xafa qilgan boʻlsam, siz meni kechirishingiz kerak!”, - dedi u.

Yulduz Usmonova mehmon tabrigini qabul qiladi.

Keyinchalik San Jay stolga oʻtirib, romantik qoʻshiqni kuylaydi.

San Jay “Oʻzbekkontsert” rahbari unga oʻzoq kutilgan litsenziyani berishini vaʼda qilganidan soʻng Usmonova oldiga kelganini aytadi.

San Jay oʻz soʻzida, shu masala ijobiy hal etilganligi uchun “Oʻzbekkontsert” direktori va shaxsan Yulduz Usmonovaga minnatdorlik bildirdi.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Ofitsialnыy sayt Yulduz Usmanovoy