Lavrov: Rossiya va AQSH oʻrtasidagi urush insoniyat uchun ulkan fojia boʻlar edi

25 декабря 2018 Lavrov: Rossiya va AQSH oʻrtasidagi urush insoniyat uchun ulkan fojia boʻlar edi

Diplomatga koʻra, bugungi kun kartinasi shundan iboratki: oʻz shaxsiy geosiyosiy ambitsiyalariga oʻralashib qolgan Vashington va uning ittifoqdoshlari oʻz foydasiga oʻzgarmayotgan global voqeliklarga koʻnikishga tayyor emas

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va AQSH oʻrtasidagi mavjud xavf-xatar bahosi haqida gapirdi.

TIV rahbari intervyusi RIA Novostida eʼlon qilingan.

"Fikrimcha, dunyoda hamma shuni yaxshi anglaydiki: ikkita yetakchi yadro derjavalari - Rossiya va AQSH ishtirokidagi qurolli mojaro - insoniyat uchun favqulodda yirik fojiaviy oqibatlarni keltiradi. Yadro urushida gʻoliblar boʻlishi mumkin emas va bunday urush hech qachon boshlanmasligi kerakligi shubhaga oʻrin qoldirmaydi", - deydi Lavrov.

Diplomatning fikricha, shu bilan birga, bugungi kun haqiqati shundan iboratki: oʻz shaxsiy geosiyosiy ambitsiyalariga oʻralashib qolgan Vashington va uning ittifoqdoshlari oʻz foydasiga oʻzgarmayotgan global voqeliklarga koʻnikishga tayyor emas. Bu jarayonlarni turli usullar bilan toʻxtatib qolish va tashqi ishlarda avvalgidan ham koʻra koʻproq agressiyaga intilish boisi ham shunda. Qarama-qarshiliklar oʻtkir tus olmoqda, muloqot kanallari muzlatib qoʻyilgan.

Strategik barqarorlik sohasidagi yirik xalqaro kelishuvlarning buzilishi alohida tashvishni keltirib chiqarmoqda. Kuch instrumentlariga tayangan bunday ziddiyatlar liniyasi global xavfsizlik arxitekturasini balansdan chiqishiga va qurollanish boʻyicha poyga vujudga kelishiga xizmat qilmoqda. Xususan, xato yoki tushunmovchilik tufayli hal qiluvchi qaror qabul qilinishi mumkin boʻlgan holat yuzaga kelishi ham mumkin.

"Biz tabiiyki, milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakat mudofaa qudratini kuchaytirish boʻyicha zarur choralarni qabul qilyapmiz. Prezident Putin ham bu haqda koʻp marotaba gapirgan. Shu bilan birga sogʻlom idrok baribir ustun kelishiga umid qilamiz. Chunki, pozitsiyalar mos tushmagan taqdirda ham, Rossiya va Gʻarb mamlakatlari koʻpsonli chaqiriqlar va zamonaviy tahdidlarga taʼsirchan javoblarni izlashda insoniyat taqdiri oldida birgalikda ulkan masʼuliyatni olib boradilar. Shu bois, gʻarblik yetakchilarni ongli harakatlarni amalga oshirishga, xalqaro huquqqa qatʼiy amal qilishga, BMT Nizomiga tayanib ish tutishga chaqiramiz. Oʻshanda bu kabi savollarga oʻrin qolmaydi", - deb taʼkidlagan Lavrov.



Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev