Ilgariroq Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Richard Lugara nomidagi Laboratoriyalarda odamlar ustidan oʻlim bilan tugaydigan sinovlar oʻtkazilishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi
AQSH Simferopolda Gruziyadagiga oʻxshash Lugara markazini tashkil qilishni rejalashtirgan. Qrim Rossiyaga qoʻshib olingach u yerda joʻnatilishga tayyor boʻlgan biomaterialli yaщiklar topilgan, deb xabar qilgan RIA Novostiga Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
"Bugungi kunda Ukrainada AQShning 11ta laboratoriyalari mavjud. Ular Pentagon mablagʻlariga modernizatsiya qilingan. Xuddi shunday laboratoriya Simferopolda qurilishi rejalashtirilgan. 2014 yilda <…> u yerda joʻnatilishga tayyor boʻlgan 104 turdagi ektoparazitlar, kemiruvchilarning 46 namunadagi ichki organlari, 105 namunadagi odamlardan olingan qon zardoblari topilgan. Oʻlatga qarshi kurashuvchi bu stantsiya tadqiqot markazi rolini bajarmay qoʻydi, u faqat material toʻplash va uni grantlar boʻyicha Yevropaga joʻnatish punktiga aylandi", - dedi Popova "Rossiya segodnya" XAA brifingida.
Ilgariroq Gruziya davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadze Richard Lugara nomidagi Laboratoriyalarda odamlar ustidan oʻlim bilan tugaydigan sinovlar oʻtkazilishi mumkinligi haqida bayonot qilgan edi.
Rossiya Qurolli kuchlari radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik himoya boʻyicha qoʻshinlari rahbari Igor Kirillov, Lugara markazida ishlaydigan amperikalik olimlar davolash koʻrinishida mahalliy aholi ustida zaharli kimyoviy preparatlarni sinovdan oʻtkazishganini aytgan edi.
Moskva esa Amerika va Gruziya hukumati oʻta xavfli yuqumli kasalliklarni oʻrganuvchi AQSH armiyasi harbiy boʻlinmasi faoliyatining haqiqiy yoʻnalishini yashirishga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi. Gruziya tomoni ushbu xatarlarni bekor, deb hisoblab, laboratoriya faqat ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanayotganini aytmoqda.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Levan Avlabreli