Samarqandda kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari plyus Afgʻoniston va Hindiston formatida uchrashuv oʻtkaziladi. Tadbir davomida afgʻon muammosini hal etishda muzokaralar jarayoniga jadalli berish rejalashtirilgan
Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Toshkentda oʻtkazilgan brifing davomida maʼlum qildi.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Hindiston kabi salmoqli tashqi siyosiy oʻyinchi Qobulning nafaqat Toshkent bilan, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlariga pozitiv turtki berishi mumkin.
"Hindiston ulkan insoniy, iqtisodiy va moliyaviy resurslarga ega. Hindiston bilan afgʻon muammosi boʻyicha hamkorlik katta samara beradi, ayniqsa, infratuzilma loyihalari boʻyicha. Oʻzbekistondan hind okeaniga eng qisqa yoʻl Afgʻoniston orqali oʻtadi, shu bois, janubda joylashgan qoʻshnimiz bilan hamkorlik strategik xarakterga ega", - deb qayd etdi Neʼmatov.
Diplomatning soʻzlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari plyus Afgʻoniston va Hindiston formatidagi uchrashuv 2019 yilga rejalashtirilgan.
AQShning Afgʻonistondan muayyan kontingentni chiqarish rejasiga izoh berar ekan, vazir oʻrinbosari joylarda hali bunga buyruq boʻlmaganini va ushbu masala ustida ish davom etayotganini hamda bu borada qoʻshimcha maʼlumotlarga Toshkent ega emasligini qayd etdi.
TIV vakilining toʻliq izohini Sputnik Oʻzbekiston podkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov