Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahri iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar tashkil etishga doir loyihalar namoyish qilindi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Steel property construction" qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini koʻzdan kechirdi, debxabar berdi prezident matbuot xizmati.
Bir nechta tsexlardan iborat bu korxona Yashnobod tumanidagi sobiq aviatsiya zavodiga qarashli foydalanilmay yotgan binolarda ish boshlagan. Xorijdan texnologiyalar olib kelinib, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Masalan, "Dacros" korxonasi Yevropa texnologiyasi asosida temir eshiklar tayyorlashga ixtisoslashgan. Bu eshiklar koʻp qavatli turar joylar yoʻlaklari, namunaviy uylarga oʻrnatilmoqda.
Yana bir binoda Niderlandiya texnologiyasi asosida turli oʻlchamdagi metall konstruktsiyalar ishlab chiqarish tashkil etilgan. Bu yerda yiliga 24 ming tonna metall mahsulotlar bilan birga sendvich panellar, bruschatkalar, yoʻl cheti toʻsiqlari, isitish radiatorlari tayyorlanadi. Ichki bozordan tashqari qoʻshni mamlakatlar mahsulotning asosiy bozori hisoblanadi. Korxonada 440 ish oʻrni yaratilgan.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.