Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 291,7 million AQSH dollarini tashkil etdi, 2018 yil 1 noyabr holatiga 25 716,4 million AQSH dollari boʻlgandi.
Markaziy bank 2018 yil 1 dekabr holatiga Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.
Unga koʻra, 2018 yil 1 noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 25 983,0 million AQSH dollari (2018 yil 1 noyabr holatiga 26 494,1 million AQSH dollari, oʻtgan oyga nisbatan 511,1 million AQSH dollariga kamaydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 11 016,0 million AQSH dollari, monetar oltin — 14 966,9 million AQSH dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 25 291,7 million AQSH dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 noyabr holatiga 25 716,4 million AQSH dollari).
Markaziy bank izohiga koʻra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1220,45 doll/tr.untsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga taʼsiri - 823,2 mln.doll.)
Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritadi. Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablagʻlarini, yaʼni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Flickr / Bank Of England