24 декабря 2018
Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamgʻarmasining taniqli vakili, Madaminjon ota Hasanov shu yil 22 dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Madaminjon ota Hasanov xonadoniga tashrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamgʻarmasining taniqli vakili, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Madaminjon ota Hasanov shu yil 22 dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi.
Qurʼon tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.
Read more: sputniknews-uz.com, фото-© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.