Tuya boʻlmang: Qirgʻizistonda tupurganlar jarima toʻlaydi

21 декабря 2018 Tuya boʻlmang: Qirgʻizistonda tupurganlar jarima toʻlaydi

Qirgʻizistonda madaniyatsiz fuqarolar jazolanadi. Jamoat joylarida tupurgan va chiqindi yoqqanlar katta miqdorda jarima toʻlashlari kerak boʻladi

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. Qirgʻiziston poytaxtida 2019 yil 1 yanvardan boshlab jamoat joylarida tupurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

“Qirgʻizistonda 2019 yil 1 yanvardan shahar obodonchilik qoidalarini buzganlik uchun katta miqdordagi jarima nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisida Yangi kodeks amal qilishni boshlaydi”, deb eslatdi Bishkek shahar hokimlik matbuot xizmati.

Yangilangan hujjatga “Tupurish” bandi kiritilgan. Mazkur bandga binoan quyidagi jarima miqdori nazarda tutilgan: jismoniy shaxslarga nisbatan – 5,5 ming qirgʻiz somi, yuridik shaxslarga nisbatan – 17 ming qirgʻiz somi.

Shuningdek, xazon yoqish uchun ham jarima miqdori jismoniy shaxslarga nisbatan 7,5 ming va yuridik shaxslarga nisbatan 23 ming qirgʻiz somgacha (avval 10 ming edi) oshirilgan.



Read more:sputniknews-uz.com, фото-© Sputnik / Konstantin Chalabov