Endi Uzcard kartalarni bankomatlar orqali naqd pul bilan toʻldirish mumkin

21 декабря 2018

Cash-in va Cash-out funktsiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

 Endi Uzcard egalari oʻz plastik kartalarining hisobini pul mablagʻi bilan toʻldirish uchun unga xizmat koʻrsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

“NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartangizni mustaqil ravishda pul mablagʻi bilan toʻldirish imkoni yaratilgani, uning qulayligidan biridir”, - deyilgan xabarda.

Cash-in va Cash-out funktsiyalaridan tashqari, ushbu bankomatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri chet el valyutasini mahalliy pul birligiga konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan.

Xabarda aytilishicha, valyutalar kursi esa, komissiya toʻlovlarisiz ushbu bankomatga xizmat koʻrsatayotgan bank tomonidan oʻrnatiladi.

Bankomatlarga quyidagi banklar tomonidan xizmat koʻrsatilmoqda:

- Agrobank;

- Xalq banki;

- Ravnaq-bank;

- KDB;

- Hi-Tech bank.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda valyutani komissiyasiz konvertatsiya qiladigan bankomatlar paydo boʻlgan edi.



Read more: sputniknews-uz.com, foto-© UzStandart