Oʻzbekiston birinchi prezidentining sobiq xos soqchisi va Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda birinchi prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan, general-mayor Muidjon Tohiriy qoʻlga olindi. Bu haqda "Xalq soʻzi" nashri Bosh prokuratura maʼlumotiga tayanib xabar qildi.
© SPUTNIK / DILSHODA RAXMATOVA.
Erkin Yoʻldoshev Gulnora Karimova ishi, prokuror nazorati va tizimdagi oʻzgarishlar haqida
Xabarda aytilishicha, hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtayi nazaridan boshqa maʼlumotlar keltirilmagan.
Eslatib oʻtamiz, 2013 yilda Tohiriy Oʻzbekiston prezident Islom Karimovning xavfsizlik xizmatini boshqargan. Uning soʻngi ish joyi Davlat bojxona qoʻmitasi boʻlib, 2016 yil 20 dekabrida rais etib tayinlangan va 2018 yil 12 fevralda ishdan boʻshatilgan.
Read more: sputniknews-uz.com? foto-Sputnik / Vladimir Fedorenko