Janubiy Ural davlat universiteti Chelyabinsk shahrida joylashgan.
Janubiy Ural davlat universiteti Rossiyaning Yevropa va Osiyo qismida, Chelyabinsk shahrida joylashgan. Qulay joylashuv va yaxshi taʼlim sifati tufayli bugungi kunda universitetda 52 ta davlatdan kelgan ikki mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Oʻzbekistonlik talabalar oʻrtasida qanday yoʻnalishlar ommabop boʻlmoqda? Xalqaro mehnat bozorida universitet bitiruvchilari oʻz oʻrnini topishmoqdami?
Bu savollarga Janubiy Ural davlat universiteti xalqaro faoliyati boʻyicha prorektor Olga Yaroshenko Sputnik muxbiriga javob berdi.
- Bugungi kunda universitetda Markaziy Osiyodan, xususan Oʻzbekistondan nechta talaba tahsil olmoqda? Ular qanday tayyorgarlik yoʻnalishlarini tanlashgan?
- universitetimizda Markaziy Osiyodan koʻpchilik talabalar tahsil olmoqda, xususan Oʻzbekistondan 130 nafar talaba tahsil olmoqda.
Xorijiy abituriyentlar turli yoʻnalishlarni tanlashadi. Koʻp holatlarda tanlov abituriyentlarning ular kelgan davlatlarining iqtisodiyoti va universitetdagi byudjet oʻrinlariga bogʻliq.
Read more: sputniknews-uz.com,фото-Press slujba Yujno-Uralskogo gosudarstvennogo universiteta