Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik migrantlarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgano‘zbekistonliklar orasida internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda.
Qayd etilishicha, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish taklif qilinmoqda. Buning oqibatida ular politsiya xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.